Kirish

Yordam


Savolingizga javob topa olmasangiz, Telegram'da @Talimiy_main_bot ga yozing — xabaringiz to'g'ridan-to'g'ri jamoamizga keladi.

Telegramʼda yozish@Talimiy_main_bot

Qanday kiraman?

Telefon raqamingiz va parolingiz bilan. Birinchi marta yoki parolni unutgan bo'lsangiz: "Telegram orqali tasdiqlash"ni bosing, botda "Raqamni yuborish"ni tanlang, so'ng parol qo'ying. Shu qurilma sizni eslab qoladi.

O'quvchilarga vazifani qanday yuboraman?

Vazifani nashr qilishda guruhni tanlang va havola yoki QR kodni ulashing. Havolani bir marta ochgan o'quvchi guruhga qo'shiladi va keyingi vazifalarni havolasiz ko'radi.

Kitobdagi mashqlarni qanday nusxalayman?

Bosh sahifada «Kitob mashqlarini nusxalash»ni tanlang va 12 tagacha betni suratga oling yoki PDF qo'shing. Javoblar sahifasi bo'lsa, «Javoblarni yuklash» bilan qo'shing (4 betgacha, faqat shu mashqlarniki) — javoblar kitobdagidek bo'ladi. Bo'lmasa, AI mashqlarni o'zi yechadi va bu javoblarni tekshirish uchun belgilaydi.

Tinglash mashqlari uchun audioni qoralamada yuklang. Fayl nomida trek raqami bo'lsa (masalan «Track 1.12.mp3»), o'zi ulanadi; butun papka yoki ZIP faylni tanlasangiz, faqat kerakli treklar olinadi. Ulanmagan mashqning yonida alohida «Audio yuklash» tugmasi bor.

"AI hozir band" chiqyapti

Google AI xizmati vaqtincha yuklangan. Bir daqiqadan keyin qayta urinib ko'ring.

Kursni qanday yarataman?

"Kurslar" bo'limida kurs yarating, darslarga YouTube yoki Vimeo havolasi va vazifa qo'shing. Hamma ko'rishi uchun "Ochiq katalog"ni, faqat o'z o'quvchilaringiz uchun "Yopiq"ni tanlab, kursni guruhingizga bog'lang. Boshqalarga ochiq kurs admin tasdiqlagandan keyin nashr qilinadi. Kursni "Tarif bo'yicha" (mashqlar o'quvchining tarifi bo'yicha) yoki "Pullik" qilishingiz mumkin: pullik kursning narxini o'zingiz belgilaysiz va har bir sotuvdan 60% sizga.

Ma'lumotlarimni qanday o'chiraman?

Profil → Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Undan oldin ma'lumotlaringizni yuklab olishingiz mumkin.